O‘zbekiston delegatsiyasi 77-Xalqaro astronavtika kongressida ishtirok etdi
2026-10-06 15:55:00 / Yangiliklar

Tadbirning ochilish marosimida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ham ishtirok etib, kosmos sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, umumiy maqsadlar yo‘lida birgalikda harakat qilish va kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish muhimligini ta’kidladi.
Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.
Kongress O‘zbekistonning xalqaro kosmik hamjamiyat bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash hamda kosmik texnologiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
IAC-2026 doirasida kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohaning kelajakdagi rivojini ta’minlashga qaratilgan qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazilmoqda.
