S&P Global Ratings vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-09-30 14:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida O‘zbekistondagi joriy iqtisodiy tendensiyalar, amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, tomonlar mamlakat iqtisodiy o‘sishining barqarorligini oshirish, yalpi ichki mahsulot o‘sishi bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishish va uzoq muddatli iqtisodiy istiqbollarni ta’minlash, inflatsiyani pasaytirish hamda uning barqaror ravishda past darajada shakllanishi uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Uchrashuvda fiskal boshqaruvni takomillashtirish va fiskal strategiyani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, davlat moliyasini samarali boshqarish, fiskal barqarorlikni mustahkamlash va davlat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni transformatsiya qilish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish hamda xususiylashtirish jarayonlarini davom ettirish, xususiy sektorni rivojlantirish va uning iqtisodiyotdagi rolini kengaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.
