Qozog‘iston bilan sport sohasidagi oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-09-17 10:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Erali Tug‘janov bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, shuningdek, sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish, xalqaro musobaqalarda o‘zaro tajriba almashish, sport delegatsiyalari tashriflarini kengaytirish hamda istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki davlat sport tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.
Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

