O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-09-17 10:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi adliya va huquq sohasidagi hamkorlikning bugungi holati, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini ko‘p asrlik umumiy tarix, tillar yaqinligi, ma’naviy va madaniy qadriyatlar, urf-odat va an’analar bog‘lab turishi, aynan ushbu mustahkam asosda so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, 2026-yil 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi o‘rtasida imzolangan 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ilg‘or tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

