Yaponiya kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv
2026-09-11 10:30:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik mutasaddilari hamda “Navoiyuran” DK rahbariyati bilan birgalikda Yaponiyaning “ITOCHU Corporation” kompaniyasi ijrochi va bosh operativ direktori Yamaguchi Xisakadzu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida istiqbolli maydonlarda geologiya qidiruv ishlarini olib borish va konlarni oʻzlashtirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar geologik maʼlumotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlik masalalarini koʻrib chiqdilar.
