O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-09-11 09:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, intellektual mulk, yuridik ta’lim, ilm-fan sohalari va boshqa masalalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chog‘ida Adliya vazirligi va Shveysariya Federal intellektual mulk instituti o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jeneva, Fribur va Shveysariyaning boshqa yetakchi universitetlari o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma tadqiqotlar hamda mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish tashabbusi ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.


