O‘zbekiston va Serbiya transport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
2026-09-10 10:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Serbiya Respublikasi Qurilish, transport va infratuzilma vaziri Aleksandra Sofroniyevich o‘rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasida avtomobil tashuvlarini rivojlantirish, tranzit yo‘nalishlarini kengaytirish, O‘rta koridor salohiyatidan samarali foydalanish hamda infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha xalqaro avtomobil tashuvlari, O‘rta koridorni qo‘llab-quvvatlash sohalarida muhim hujjatlar imzolandi.
Erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi transport-logistika aloqalarini yanada mustahkamlash hamda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi transport bog‘liqligini kengaytirishga xizmat qiladi.
