O‘zbekiston va Singapur hamkorlikni kengaytiradi
2026-08-25 15:50:00 / Yangiliklar

Haftalik doirasida mediatsiya, arbitraj, xalqaro tijorat nizolari, huquqiy texnologiyalar hamda sun’iy intellektning nizolarni hal etishdagi o‘rni bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda.
Adliya vaziri rahbarligidagi delegatsiya Singapur Intellektual mulk idorasi (IPOS) rahbari Tan Kong Hwe bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot yakunida:
- intellektual mulkni tijoratlashtirish va iqtisodiy aktivga aylantirish;
- patent ekspertizasini raqamlashtirish;
- intellektual mulk bilan bog‘liq nizolarni mediatsiya orqali hal etish bo‘yicha tajriba almashishga kelishildi.
Shuningdek, Singapur mutaxassislari ishtirokida intellektual mulkni tijoratlashtirish va startaplar akseleratsiyasi bo‘yicha treninglar tashkil etish orqali o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Maqsad — xalqaro tajribani milliy amaliyotga olib kirish, intellektual mulkni iqtisodiy qiymatga aylantirish va nizolarni tez hamda samarali hal etish mexanizmlarini rivojlantirish.
