Xalqaro mediaforum
2026-08-24 / Voqealar taqvimi

24–29-avgust kunlari Toshkent shahrida “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusida xalqaro mediaforum o‘tkaziladi. Nufuzli tadbirning asosiy qismi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tib, unda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro ekspertlar va media sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.