Sport vazirligida Jazoir elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-08-13 14:25:00 / Yangiliklar
Sport vazirligida Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Jamila Ashur hamda Sport vaziri Adham Ikramov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasida sport sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, sportning gandbol, sohil futboli, voleybol hamda basketbol turlari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki mamlakatning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda tomonlar sport sohasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash va kelgusidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.


