Bola huquqlari himoyasida xalqaro hamkorlik davom etmoqda
2024-08-30 10:05:00 / Yangiliklar
Vazir mehmonlarga so‘ngi yillarda mamlakatimizda bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda ularda UNIСEFning o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasida joriy yilning mart oyida imzolangan 2024-2025–yillarga mo‘ljallangan ish reja doirasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.
O‘z o‘rnida, Rehina Mariya Kastijio xonim Adliya vazirligi tomonidan bola huquqlarini himoya qilish sohasida olib borayotgan ishlarni ijobiy baholab, kelgusida vazirlik bilan UNIСEF o‘rtasida mazkur yo‘nalishda xalqaro tan olingan standartlarni milliy qonunchilikka joriy qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar kelgusida bolalarning eng ustun manfaatlarini ta’minlash, bolalarga mo‘ljallangan huquqiy qo‘llanmalar chop etish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni zararli axborotdan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.