Ludger Shuknext: “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalardan katta taassurot oldim”
2023-07-06 12:20:28 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-19-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashib, “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etganligi, oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar doirasida bir qator kelishuvlarga erishilganligi alohida ta'kidlandi.
Uchrashuv kun tartibidan mazkur kelishuvlarni samarali amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.
“O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalardan katta taassurot oldim. Bunday rivojlanish sur'atlari O‘zbekistonni mintaqadagi kuchli mamlakatga aylantirmoqda”, — deya ta'kidladi L. Shuknext.
Uchrashuv davomida Bank tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotining transport, energetika va suv xo‘jaligi kabi muhim tarmoqlari qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda amaldagi qo‘shma loyihalar hajmi 2 mlrd. AQSh dollaridan oshgani ta'kidlandi.
Yakunda tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, “yashil” va ijtimoiy infratuzilma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Ma'lumot uchun: Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki faoliyatining asosiy maqsadi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Mazkur tashkilot 2014-yil 24-oktyabrda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Pekinda joylashgan.



