O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida huquqiy hamkorlik kengayadi
2026-07-29 09:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda huquq ustuvorligini ta'minlash, inson huquqlarini himoya qilish, bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
"Finlyandiya O‘zbekiston uchun nafaqat Yevropadagi ishonchli hamkor, balki huquq ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish sohasida ko‘p yillik ilg‘or amaliy tajribaga ega davlatdir." — Akbar Tashkulov.
Tomonlar ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mediatsiya va advokatura yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, bepul yuridik yordam va kooperatsiya sohalarida tajriba almashishni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.
"Bugungi uchrashuvimiz nafaqat erishilgan natijalarni sarhisob qilish, balki kelgusidagi hamkorligimizning yangi yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi." — Akbar Tashkulov.

