Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kuchaytirish masalalari ko'rib chiqildi
2024-08-23 09:15:00 / Yangiliklar
Dastavval, ikki mamlakat vakillari Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida erishilgan natijalar bilan bir-birlarini qutlashdi. Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda sport murabbiylari o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Sport vaziri A.Ikramov tomonidan elchi janoblari va uning jamoasiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.
O'z o'rnida, elchi janoblari ikki mamlakat o'rtasida taekvondo va dzyudo sport turlari bo'yicha tajriba almashish, O'zbekistonda ham taekvondo sport turini yanada rivojlantirish bo'yicha takliflarni ilgari surdi.
Uchrashuv davomida, kelgusida hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.