Italiya bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-07-17 10:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Gvido De Sanktis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, metallurgiya, uglevodorodlar sohasi, shuningdek, University of Pisa bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Italiyaning yetakchi kompaniyalarini jalb etish hamda geologik qidiruv, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash yo‘nalishlarida ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
