Vazir Endokrinologiya markazining yangi binosi qurilishi bilan tanishdi
2023-06-09 11:00:06 / Taqdimotlar
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov poytaxtimizda barpo etilayotgan ana shunday yirik obyektlardan biri — akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi kompleksi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Bugun sog‘liqni saqlash tizimida keng ko‘lamli yangilanish va bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Majmua 3,65 gektar hududda joylashgan bo‘lib, qurilish maydoni 14 944 m² ni tashkil etadi.
Bu yerda 1000 qatnovli maslahat poliklinikasi, 500 o‘rinli jarrohlik va terapiya bo‘limi, 30 o‘rinli reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi, 16 ta jarrohlik zali, laboratoriya, dorixona va boshqa bo‘limlar joylashadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan manzilli dastur asosida muassasani 169 turdagi 1049 dona zamonaviy tibbiy uskuna bilan jihozlash ko‘zda tutilgan.

