Adliya vaziri va Shveysariya elchisi o‘rtasida huquqiy hamkorlik va huquqiy aktivlarni qaytarish bo‘yicha uchrashuv
2026-06-19 09:35:00 / Yangiliklar
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Shveysariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar nolegal orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston xalqining manfaatlari yo‘lida qaytarish borasida erishilgan natijalarni alohida e’tirof etdilar.
Ta’kidlanganidek, o‘zaro ishonch va konstruktiv muloqot asosida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasida sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv yakunida Konstantin Obolenskiyning O‘zbekistondagi diplomatik faoliyati davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi yuqori baholanib, kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

