Oliy ta’lim tizimiga oid ochiq muloqotlar
2026-05-18 / Voqealar taqvimi
Diqqat, hurmatli tadbirkorlar! Oliy ta’lim tizimiga oid ochiq muloqotlarga chorlaymiz!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida sohada faoliyat yuritayotgan yoki hamkorlik qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Maqsadimiz: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimidagi dolzarb masalalar va muammolarni bevosita eshitish, savollarga ochiq javob berish hamda murojaatlarni tezkorlik bilan hal etish.
Qachon? Dushanbadan jumagacha (har kuni).
Vaqti: 15:00 dan 17:00 ga qadar
Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi.
💡 Sizlarni ushbu muloqotlarda faol ishtirok etishga, o‘zingizni qiynayotgan muammolar va yangi takliflarni ochiq bayon qilishga chaqiramiz.