Itochu va JOGMEC bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-05-14 10:10:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov boshchiligidagi vazirlik xodimlari, ITOCHU hamda JOGMEC kompaniyalari vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib o‘tdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi strategik hamkorlikning ahamiyati, bu boradagi aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
O‘z navbatida Yaponiya kompaniyalari vakillari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish, sohaga investitsiya kiritish orqali geologiya qidiruv ishlariga yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar bildirdi.

