O‘zbekiston – Yaponiya: adliya sohasida hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2026-05-04 16:15:00 / Yangiliklar

Unda adliya vaziri A.Tashkulov, Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining raisi U.Shermatov hamda Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumlar, qo‘shma dasturlar va muntazam tashriflar orqali mustahkamlanib bormoqda.
Xususan, qonunchilikni takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish hamda huquqiy targ'ibot sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi uchrashuvlarni davom ettirish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan kelishib oldi.
Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasida huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi


