O‘zbekistonda SI infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha NVIDIA va Firebird kompaniyalari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-04-29 15:20:00 / Yangiliklar
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, NVIDIA kompaniyasining global SI infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha vitse-prezidenti Nicolo Caprez, Firebird kompaniyasining Prezidenti Alexandr Yesayan hamda Boshqaruvchi direktori Razmig Hovaghimian o‘rtasida sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga O'zbekistonda sun'iy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan Qoraqolpog'iston Respublikasida sun'iy intellekt data markazlari uchun berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, mamlakatda sun'iy intellekt yo'nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha olib borilayotgan tashabbuslar taqdim etildi.
Shuningdek, NVIDIA va Firebird kompaniyalari vakillari tomonidan yirik sun’iy intellekt infratuzilma loyihasi taqdim etildi. Loyiha doirasida yuqori quvvatli (125 MWdan 250 MWgacha kengaytiriladigan) SI ma’lumotlar markazini barpo etish taklifi muhokama qilindi.

