Oʻzbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi
2023-05-18 / Voqealar taqvimi
Shu yil 18 — 20-may kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi boʻlib oʻtadi

Energetika vazirligi xabariga koʻra, mazkur forum doirasida bir qator tadbirlar oʻtkaziladi.
Jumladan:
— “Oʻzbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro koʻrgazmasi;
— “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2023” 16-xalqaro koʻrgazmasi;
— “Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2023” ixtisoslashtirilgan boʻlimi;
— 3-Xalqaro Oʻzbekiston Energetika anjumani.