Ochiq muloqot
2026-04-06 / Voqealar taqvimi

Savdo-sanoat palatasi, Biznes-Ombudsman, Soliq qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idora, tashkilotlar ishtirokida soliq maslahatchilari, auditorlar va buxgalterlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi.
6-aprel, 15:30
📍 Muloqot joyi: Toshkent, Savdo-sanot palatasi katta majlislar zali
Muhokama markazida:
✔️tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizoli vaziyatlar
✔️Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori talablarining amaliyotda xar xil talqin qilinayotgan xolatlar
✔️qoldiq tovarlar mavjud bo‘lganligi inobatga olinmasdan moliyaviy jarimalar qo‘llanilayotgan xolatlar
✔️sayyor soliq tekshiruvlari natijalari yuzasidan qabul qilinayotgan qarorlar
✔️qo‘shilgan qiymat solig‘i guvoxnomasi to‘xtatilib, kamchilik bartaraf qilinganda qaytadan faollashtirilishidagi muammolar
✔️soliq nazorati bilan bog‘liq boshqa masalalar
Asosiy maqsad — tadbirkorlarni qiynayotgan nizoli vaziyatlarga maqbul yechim topish, xavotirsiz biznes yuritish istiqbollarini ishlab chiqish.
🗣 Agar soliq nazorati natijalaridan qoniqmayotgan bo‘lsangiz — sizning ovozingizni eshittirish uchun muhim maydon.
📞 +998 97 445 39 37