Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar
2026-04-03 14:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Maxkamov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro transport logistika forumi doirasida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Xususan, Rossiya Federatsiyasi transport vaziri Andrey Nikitin, Qozog‘iston Respublikasi transport vaziri Nurlan Sauranbayev, Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri Talantbek Soltobayev, Saudiya Arabistoni Podshohligi Transport va logistika vaziri Solih bin Nosir al-Jassir hamda BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Muzokaralarda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tomonlar qator kelishuvlarga erishdi.



