Osiyo taraqqiyot bankining 59-Yillik yig‘ilishi
2026-05-03 / Voqealar taqvimi

3-6-may kunlari qadimiy Samarqand shahrida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 59-Yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Anjuman dasturi barqaror rivojlanish va iqtisodiy integratsiya masalalarini qamrab oladi. Ishtirokchilar e’tibor markazida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, energetik o‘tish jarayonlarini moliyalashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash kabi mavzular bo‘ladi.
Asosiy tadbirlar Kongress-Center va Expo Centerda bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil dastur bilan adb.org saytida tanishishingiz mumkin.