II Xalqaro maqom san’ati anjumani
2024-06-27 / Voqealar taqvimi
Zomin II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga hozirlik ko‘rmoqda.

27–30-iyun kunlari Zomin tumanida “II Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.
Xalqaro hay’at tomonidan ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlari uchta nominatsiya: “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” bo‘yicha baholanadi.
“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida “Maqom san’atining nazariy va amaliy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ham bo‘lib o‘tadi.