Tashkent Water Week 2026
2026-03-25 / Voqealar taqvimi

Tashkent Water Week 2026 — O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro suv forumi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Iteca Exhibitions kompaniyasi, “TIIAME” Milliy tadqiqot universiteti hamda Ilg‘or islohotlar markazi ko‘magida tashkil etiladi.
Forum suv resurslarini boshqarish, barqaror rivojlanish va mintaqada tarmoqlararo hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun professional platforma vazifasini bajaradi.
Davlat organlari, xalqaro va sohaviy tashkilotlar, shuningdek, ilmiy va ekspert hamjamiyatining ishtiroki Tashkent Water Week’ning yuqori institutsional darajasini hamda sohada muvofiqlashtirilgan kun tartibini shakllantirishdagi ahamiyatini namoyon etadi.
🗓 2026-yil 25–26-mart kunlari
📍 JW Marriott Hotel Tashkent
Toshkent, O‘zbekiston