O‘zbekiston – Vengriya: adliya sohasida hamkorlik yangi bosqichda
2026-03-13 14:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, xususan qonunchilikni tizimlashtirish, tartibga solish ta’sirini baholash, raqamlashtirish hamda notariat sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif dasturining birinchi kuni doirasida delegatsiya uchun:
“O‘zbekiston notariuslarining onlayn faoliyati va amaliyoti” mavzusida taqdimot;
Vengriyaning qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha tartibga soluvchi normalarni qisqartirish bo‘yicha tajribasi yuzasidan taqdimotlar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Vengriya Adliya vazirliklari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda zamonaviy huquqiy mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

