Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2026-04-27 / Voqealar taqvimi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-sentabrdagi “Lazgi” xalqaro festivalini tashkil etish va о‘tkazish tо‘g‘risida”gi PQ-4843-son qarori ijrosini ta’minlash, о‘zbek milliy raqs san’atining umumbashariy hamda milliy qadriyatlarni aks ettirishdagi darajasini baholash va ilmiy jihatdan asoslash maqsadida, 2026-yil 27-aprel kuni Xiva shahrida о‘zbek va jahon raqs san’ati tadqiqiga bag‘ishlangan “Jahon madaniy taraqqiyotida raqs san’ati: an’ana va umumbashariy qadriyatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkaziladi.
Konferensiya о‘tkaziladigan sana: 2026-yil 27-aprel.
Konferensiya о‘tkaziladigan joy: О‘zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati,
Xiva shahri.
Konferensiyaning maqsadi: “Xorazm Lazgi raqsi” san’ati hamda boshqa xalqlarning azaliy an’analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san’atining turli yо‘nalishlarida tajriba almashish, raqs san’ati orqali xalqaro miqyosda dо‘stlik va qardoshlikni hamda ijodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash.
Konferensiyada quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha shо‘balar tashkil qilinadi:
1. Xorazm “Lazgi” raqsi: tarixiy-falsafiy, milliy-madaniy omillar
2. Globallashuv jarayonida xoreografiya san’ati taraqqiyoti
Konferensiyada xorijiy davlatlar va respublikamiz oliy ta’lim tashkilotlari professor-о‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar, talabalar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok etish shakli: offlayn, onlayn.
Konferensiyaning ishchi tillari: о‘zbek, rus, ingliz.
Konferensiyada ishtirok etish uchun ariza va maqolalar tashkiliy qо‘mitaga 2026-yil 15-martga qadar yuborilishi kerak. (diana.abdulova@mail.ru elektron pochtasi yoki telegramm manzil: +99893 512-45-95 Abdulova Diana Ulfatovna).
Konferensiyada oflayn ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali
rо‘yxatdan о‘tishlari kerak
Maqola rasmiylashtirish talablari:
1. Matn hajmi – 5-7 betdan kо‘p bо‘lmasligi talab etiladi.
2. Microsoft Word formatida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattalikda, 1,5 intervalda, chapdan 3 sm, о‘ngdan 1,5 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm joy qoldirib yoziladi, A4 formatda, defis qо‘yilmaydi, sahifalar raqamlanmaydi.
Muallifning familiyasi, ismi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot, shahar, mamlakat, maqola yozilgan tilda (о‘ng tomonda) kо‘rsatiladi.
Maqola sarlavhasi katta harflarda, qalin shrift bilan yoziladi.
Sarlavhadan keyin 3-4 qatorli annotatsiya va kalit sо‘zlar (8 ta sо‘zdan oshmasligi kerak) о‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.
Matnda havola an’anaviy shaklda belgilanadi. Adabiyotlar rо‘yxati (8 tadan kam bо‘lmasligi kerak) maqola oxirida beriladi.
Materiallarning mazmuni, saviyasi va keltirilgan ma’lumotlarning tо‘g‘riligi uchun mualliflarning о‘zlari mas’uldir.
Taqdim etilgan maqola avval boshqa nashrlarda chop etilmagan bо‘lishi kerak.
Konferensiya talabiga mos kelmagan va kо‘rsatilgan muddatdan keyin yuborilgan maqolalar qabul qilinmaydi.