Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyo uchun aloqadorlik” dasturi doirasidagi masalalar muhokama qilindi
2026-02-12 16:00:00 / Yangiliklar
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktorati (DG INTPA) huzuridagi Markaziy Osiyo va Afg‘oniston bo‘limi rahbari Sharlotta Adrian hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar “Markaziy Osiyo uchun Yevropa Ittifoqi aloqadorligi” mintaqaviy dasturi doirasidagi infratuzilmaviy yoʻnalishdagi kun tartibi va uning istiqbollarini muhokama qildilar.
Muloqot chogʻida dastur doirasida Markaziy Osiyo davlatlarida aloqadorlikni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar hamda hamkorlik yoʻnalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur dastur doirasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.

