Xalqaro hamkorlik — islohotlar tayanchi
2026-01-29 09:15:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida:
— milliy qonunchilikni JST qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish;
— “Byurokratiyani bartaraf etish” dasturi doirasida davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va inson manfaatiga yo‘naltirish;
— Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi sudini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Adliya vaziri A. Tashkulov xorijiy tomonni vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar bilan tanishtirdi. Xususan, davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlar izchil qisqarib borayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi yo‘lidagi ishlar jadallashgani qayd etildi. Jumladan, 2025-yilda 28 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi natijasida 59 ta hujjat JST bitimlariga uyg‘unlashtirildi, 2023-yildan buyon moslashtirilgan hujjatlarning umumiy soni 160 tadan oshdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati doirasida kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.


