Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Hindistonda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlarning favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etdi
2023-04-20 20:20:30 / Majlislar

Mazkur nufuzli anjuman davomida, ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarning, jumladan transchegaraviy xususiyatga ega favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga doir qator muhim masalalarni muhokama qildilar. Mavzu yuzasidan O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev tomonidan ma’ruza qilinib, bir qator aniq tashabbus va takliflar bildirildi.
Shuningdek, FVV rahbari mamlakatimizda aholini va hududlarni barcha turdagi tabiiy hamda texnogen turdagi ofatlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Bundan tashqari, forum doirasida favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazib, unda hamkorlikning keyingi istiqbollari muhokama qilindi. Unda qo‘shma seminarlar, treninglar va mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga alohida urg’u berildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni aks ettiruvchi bayonnoma imzolandi.


