ITOCHU Corporation O‘zbekistonga navigatsiya uskunalarini yetkazib beradi
2025-12-23 10:00:00 / Yangiliklar
Yaponiyaning Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va ITOCHU Corporation vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar respublika hududidagi navigatsiya uskunalarini yangilash hamda mutaxassislarning malakasini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirish hamda rejalashtirilgan ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzoladi.