O‘zbekiston – BAA: “Zero bureaucracy” yo‘lida yangi bosqich
2025-12-23 09:35:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va inson manfaatiga yo‘naltirish bo‘yicha BAAning ilg‘or tajribasi muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni soddalashtirish;
davlat xizmatlarida yagona raqamli yondashuv va ma’lumotlarni takror talab qilmaslik;
e-notariat va masofaviy xizmatlar;
mediatsiya orqali nizolarni sudgacha hal etish;
biznes va investorlar uchun huquqiy aniqlikni kuchaytirish.
Tomonlar 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma faoliyat rejasi, qo‘shma ishchi mexanizmlar, pilot loyihalar hamda mutaxassislar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar va tadbirkorlar uchun tez, shaffof va ishonchli adliya xizmatlarini ta’minlash.

