White & Case yuridik firmasining hamkori va AQSh — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2024-05-02 10:20:00 / Yangiliklar

Maʼlumot uchun: White & Case yuridik firmasi AQShning eng kuchli yuridik firmalar “Big law” reytingida birinchi beshtalikka kiruvchi, 31 ta davlatda oʻz vakolatxonalari orqali faoliyat yurituvchi hamda Oʻzbekistonda ilk faoliyatini 1993-yil boshlagan yirik yuridik firmalardandir. K.Lemm uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Uchrashuvda tomonlar mamlakatning investitsion salohiyatni mustahkamlash, Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish, vazirlik xodimlarining White & Case yuridik firmasining Vashingtondagi ofisida malakasini oshirish masalalarida atroflicha fikr almashdilar.
K.Lemm Oʻzbekistonda sud-huquq islohotlari va investitsion muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija berayotganini, buning aniq misoli 2023-yil Vashingtonda oʻtkazilgan Oʻzbekiston — Amerika biznes forumida ishtirok etgan 350 dan ortiq amerikalik investorlarning Oʻzbekistonga sarmoyalar kiritishga boʻlgan ishtiyoqida oʻz aksini topganligini qayd etdi


