Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo qurilish vazirlari konferensiyasi” bo‘lib o‘tdi
2025-11-07 11:20:00 / Yangiliklar

Tadbir doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi davlat organlari rahbarlari, yetakchi mutaxassislar hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida soha rivojiga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Seminarda qurilishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkor va ekologik barqaror binolar qurish, “aqlli shahar” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Yangi Toshkent" loyihasi haqida taqdimot o‘tkazildi. Zamonaviy shaharsozlik konsepsiyasi asosida barpo etilayotgan mazkur loyiha ishtirokchilarning katta qiziqishi va e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida qurilish materiallari sanoati, arxitektura, muhandislik va innovatsion yechimlar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

