Yangi Andijon massivi — Bobur shahri hududidagi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
2025-11-04 10:30:00 / Yangiliklar
O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning tozaligi, obodonlashtirish ishlari, chiqindilarni tashish holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, binolarning yoritish tizimi, liftlar faoliyati va umumiy foydalanish joylaridagi sanitariya holati ham atroflicha o‘rganildi.
Monitoringlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha boshqaruv servis kompaniyalari mas’ullariga elektron tartibda yozma ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari aholi uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda BSKlar faoliyatini tizimli ravishda nazorat qilish maqsadida muntazam ravishda davom ettiriladi.






