Loyihaga zid ravishda bajarilgan, sifat talablariga javob bermagan ko‘p qavatli binodagi zinapoya qismlari inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirildi
2025-07-30 14:30:00 / Yangiliklar
Farg‘ona viloyati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Qo‘qon shahar “O‘rmonbog‘” mahallasi hududida qurilayotgan ko‘p qavatli obyektida navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat ishlari belgilangan tartibda tashkil etilmagani oqibatida bir qator qoidabuzarlik holatlari qayd etildi.
Xususan, ishchi loyiha hujjatlari o‘rganilganda, binodagi 9-qavat hamda mansard qismni bog‘lovchi zinapoya konstruksiyasi 150 mm qalinlikda bajarilishi lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, amalda loyiha talablariga zid ravishda ushbu zina 100 mm qalinlikda bajarilgani aniqlandi.
Qoidabuzarlik yuzasidan loyiha asosida bajarilmagan va sifatsiz holda amalga oshirilgan zinapoya inspeksiya nazorati ostida buzdirilib, loyiha talablariga muvofiq holda qaytadan bajarilishi ta’minlandi.




