Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbiri
2025-07-19 13:00:00 / Yangiliklar
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbiri doirasida, “Bog‘ibo‘ston” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatida o‘zboshimchalik bilan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgani aniqlandi. Xususan, binoning tayanch devorlariga shikast yetkazilgani, ayrim to‘suvchi devorlar esa buzib tashlangani holati qayd etildi.
Bu kabi o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan ishlar binoning konstruktiv barqarorligiga putur yetkazibgina qolmay, uning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligiga ham jiddiy tahdid soladi.
Aniqlangan holat yuzasidan ishlar darhol to‘xtatildi. Huquqbuzar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda ishlarni asl holatiga keltirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan yozma ko‘rsatma berildi.
✅Agar ushbu qonunbuzarlik holati mulkdor tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, tegishli sud organlariga da’vo arizasi kiritilishi va ushbu holatni majburiy tartibda bartaraf etish choralari ko‘rilishi belgilandi.







