Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarning seysmik holati o‘rganilmoqda.
2025-07-05 17:50:00 / Yangiliklar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarning seysmik holati o‘rganilmoqda.
O‘rganish jarayonida binolarning zilzilabardoshligi, qurilishda amalga oshirilgan texnik yechimlar, fuqarolar uchun yaratilgan xavfsizlik sharoitlari tahlil qilinadi.
Shu bilan birga, loyiha hujjatlari, asosiy konstruktiv elementlar va muhandislik tarmoqlari o‘rganilib, umumiy xulosalar ishlab chiqiladi.






