Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligida o‘tkazildi.
2025-06-27 18:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda noqonuniy qurilishlarning oldini olish maqsadida respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan yig‘ilishlar doirasida Navoiy viloyatida ham kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligida o‘tkazildi.
Tadbirda Navoiy viloyati prokuraturasi, viloyat qurilish boshqarmasi, Kadastr agentligi, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, shuningdek, tegishli tashkilotlar va tadbirkorlar ishtirok etib, noqonuniy qurilishlarni oldini olish, qurilish sohasidagi qonunbuzilishlarga chek qo‘yish, nazoratni kuchaytirish hamda mutasaddi idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.



