Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan talaba-yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
2025-06-23 08:20:00 / Yangiliklar
Tadbirda inspeksiya mutaxassislari tomonidan yoshlarga qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlari hamda binolar sifati va seysmik xavfsizligini ta’minlashdagi yangi yondashuvlar haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, shaharsozlik qonunchiligiga amal qilish, qurilish materiallarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish, nazorat ishlarini tashkil etish kabi yo‘nalishlar yuzasidan tushunchalar berildi.
Laboratoriya sharoitida armatura hamda g‘isht mahsulotlarining mustahkamligi bo‘yicha olib boriladigan sinov jarayonlari talabalarga amaliy tarzda namoyish etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.





