Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan talaba-yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
2025-06-23 07:50:00 / Yangiliklar
Tadbirda yurtimizda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qurilishlar haqida so‘z yuritildi.
Shu bilan birga, mutaxassislar shaharsozlik qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish, qurilish materiallarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlari haqida talabalarga tushuncha berdi.
Laboratoriyada armatura va g‘isht mahsulotlarining mustahkamligini tekshirish jarayonlari amaliy ko‘rsatib berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.






