Uchrashuvning ikkinchi qismida universitet rektori Bahrom To‘laganov inspeksiya rahbari boshchiligidagi inspeksiya vakillarini universitetning zamonaviy laboratoriyasi bilan tanishtirdi.
2025-05-29 21:55:00 / Yangiliklar
Laboratoriya qurilish sohasidagi ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu joyda talabalar nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish imkoniga ega bo‘ladi.
Laboratoriyadagi modellashtirish dasturlari, raqamli nazorat va tahlil usullari qurilish sohasida sifatli va samarali ishlashni ta’minlaydi. Shuningdek, amaliyot jarayoni va talabalar tomonidan tayyorlanayotgan loyihalar haqida ham atroflicha ma’lumot berildi.
Inspeksiya rahbari ushbu laboratoriyaning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, “Qurilish sohasida zamonaviy bilim va amaliyotning uyg‘unligi muvaffaqiyatning asosi hisoblanadi. Bunday sharoitda tayyorlangan mutaxassislar sohaning rivojida muhim rol o‘ynaydi,” – deb ta’kidladi.
Uchrashuvning so‘nggi qismida universitet rektori Bahrom To‘laganov qurilish sohasida universitetning erishgan yutuqlari, amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, yangi ta’lim dasturlari hamda innovatsion loyihalar haqida maxsus taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimotda laboratoriyaning jahon standartlariga to‘la mos keladigan qurilish texnologiyalari va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, universitetning kelgusi rejalari va sohadagi eng so‘nggi tendensiyalar asosida ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida inspeksiya va universitet o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar, qo‘shma loyihalar va ta’lim-amaliyot integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.









