Xabar berib kelayotganimizdek, hududlarda yig'ilishlar tashkil etilmoqda
2025-05-22 16:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 25-mart kuni imzolangan “Seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatini joylarda tushuntirish va uning ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda seminar-yig‘ilishlar tashkil etilmoqda.
Shu kabi yig‘ilishlardan biri Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov boshchiligida Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat, tuman va shahar hokimliklari viloyat prokuraturasi, tegishli idora va tashkilotlar, qurilish tashkilotlari,hududagi boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari hamda hududiy inspeksiya vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 2025-yil 25-mart kuni imzolangan 1050-sonli Qonunning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, uning amaliy ahamiyati, joylarda to‘g‘ri va samarali tatbiq etish mexanizmlari, shuningdek, qurilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish masalalari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlarda ijro intizomini mustahkamlash, nazorat samaradorligini oshirish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.










