O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qarori ijrosini ta’minlash va noqonuniy qurilishlarning oldini olish maqsadida hududlarda yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.
2025-03-28 20:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qarori ijrosini ta’minlash va noqonuniy qurilishlarning oldini olish maqsadida hududlarda yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Shu doirada bugun Samarqand viloyatida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sadikov Azlarjon Alimdjanovich boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda shaharsozlik normalariga rioya qilish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish va nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda hokimlik, prokuratura, qurilish boshqarmasi, Kadastr agentligi, Adliya va Ichki ishlar boshqarmalari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi. Shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, qonunchilikka rioya etish va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Yig‘ilish yakunida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.





