Tungi reyd tadbirlari davom etmoqda
2026-11-20 21:55:00 / Yangiliklar
Ayni vaqtda Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida joylaşgan köp kvartirali uylarga xizmat körsatuvçi boşqaruv-servis kompaniyalari faoliyatini örganiş maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan hamkorlikda tungi reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Xususan, örganişlar davomida murojaatlar jurnali, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati, 24/7 tartibda faoliyat yurituvçi dispetçerlik xizmati, köp kvartirali uylarning yertölalaridagi sanitariya holati, issiqlik ta’minoti tizimining barqarorligi hamda kompaniyalarning moddiy-texnika bazasi holati örganilmoqda.
Mazkur nazorat tadbirlaridan asosiy maqsad — kuz-qiş mavsumini köp kvartirali uylarda barqaror va muammosiz ötkaziş, aholiga sifatli kommunal xizmatlar körsatilişini ta’minlaş, şuningdek, mavjud kamçiliklarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etişdan iborat.
Bu boradagi tungi reyd va nazorat tadbirlari poytaxt böylab davom etmoqda





