MAKTAB QURILIŞIDA QOIDABUZARLIK HOLATLARI ANIQLANDI
2026-11-20 18:30:00 / Yangiliklar
Ta’lim muassasalarining mustahkam va xavfsiz barpo etilişi quriliş jarayonida tasdiqlangan loyiha hujjatlari hamda belgilangan me’yoriy talablarga qat’iy rioya etilişiga boğliq.
Navoiy viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan Tomdi tumanidagi 4-sonli maktab uçun qöşimça öquv binosi qurilişida navbatdagi nazorat tadbirlari ötkazildi.
Örganiş davomida quriliş-montaj işlarining tasdiqlangan loyiha hujjatlari va amaldagi quriliş me’yorlariga muvofiqligi örganilib, ayrim qismlarda ğişt teriş işlari loyiha talablariga zid ravişda bajarilgani, ya’ni qoidabuzarlik holatlariga yöl qöyilgani aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etiş yuzasidan tezkor çoralar körilib, loyiha talablariga javob bermaydigan ğişt teriş işlari inspeksiya mutaxassislari nazoratida demontaj qilindi.
Quriliş obyektlarida belgilangan talablarga rioya etilişi va qoidabuzarliklarning oldini olişga qaratilgan nazorat tadbirlari izçil davom ettirilmoqda





