Buxoro viloyatidagi qurilish obyektlarida muntazam ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
2026-11-05 09:55:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Kogon shahrida barpo etilayotgan ko‘p kvartirali turar joy binosida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat davomida mazkur obyektda qurilish maydoni atrofi qurilish chiqindilaridan o‘z vaqtida tozalanmaganligi, shuningdek, ayrim qismlarda ichki devorlarni terish jarayonida ishlar sifati amaldagi talablarga javob bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, sifatsiz bajarilgan qurilish ishlarini demontaj qilish boshlandi hamda berilgan ko‘rsatmalar ijrosi nazoratga olindi.
Inspeksiya tomonidan qurilish obyektlarida sifat va xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.






