Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida ijro intizomi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
2026-09-29 14:50:00 / Yangiliklar
Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining Ijro nazorati bo‘limi tomonidan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari ijrosi holati bo‘yicha keng muhokama qilindi. Tadbirda, avvalo, yakunlangan oy davomida Inspeksiyaga O‘zbekiston Respubolikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyish hamda topshiriqlaridan 41 ta kelib tushgan topshiriqlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ushbu topshiriqlar ijrosi muddatlarida taʼminlangaligi ko‘rsatib o‘tilib, 2026 yil oktyabr oyida bajarilishi lozim bo‘ladigan
35 ta topshiriqlar ijrosini taʼminlash uchun masʼul xodimlar maʼsuliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yuqori tashkilotlardan kelib tushgan topshiriqlar, ijro intizomi bo‘yicha berilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha muhokama qilindi. Har bir boshqarma va bo‘lim hamda hududiy inspeksiyalarning faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, ijro intizomi darajasini yana-da oshirish, topshiriqlarning o‘z vaqtida, sifatli va samarali ijrosini taʼminlash zarurligi alohida taʼkidlandi. Tadbir davomida kelgusi oyda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi, masʼullar oldiga aniq maqsad va rejalar qo‘yildi. Mazkur yig‘ilishda yana bir muhim jihati shundan iborat bo‘ldiki, unda nafaqat bajarilgan ishlar muhokama qilindi, balki kelgusida ijro intizomini mustahkamlash, samaradorlikni oshirish, masʼul xodimlar faoliyatida tizimlilik va masʼuliyatni kuchaytirish yo‘nalishida taklif va tavsiyalar ham ilgari surildi. Yig‘ilishda hududiy inspeksiyalar faol ishtirok etdilar. Ularning jarayonga to‘liq qo‘shilishlari uchun Zoom onlayn platformasi orqali masofadan ulanish imkoniyati yaratildi










